24-mart Butunjahon tuberkulyozga qarshi kurash kuni!
TTA Ftiziatriya va pulmonologiya kafedrasi xodimlari dots.Xodjayeva M.I. va katta o’qituvchi Kayumova S.S. hamda 1-Davolash ishi fakulteti 409-guruh talabalari birgalikda TTA qoshidagi akademik litsey majlislar zalida litsey talabalari uchun 24-mart Butunjahon tuberkulyozga qarshi kurash kuniga bag’ishlangan «Tuberkulyoz umumiy tushunchalar» mavzusida ma’ruza o’qishdi. Ishtirokchilar diqqat bilan ma’ruzani eshitishdi va tadbir oxirida o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.



