ADTIda INTEGRAL MA’RUZA!
2023-yil 7-noyabr kuni Andijon davlat tibbiyot instituti Stomatologiya fakultetiga qarashli Ftiziatriya va pulmonologiya kafedrasi dotsenti R.Xakimova, Reabilitologiya, sport tibbiyoti, xalq tabobati va jismoniy tarbiya kafedrasi katta o‘qituvchisi I.Soliyev va Toshkent tibbiyot akademiyasi Ftiziatriya va pulmonologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi D.Ongarbayev tomonidan integral ma’ruza o‘tkazildi.
Ma’ruzada Toshkent tibbiyot akademiyasi assistenti L.Mamatov, institut kafedralari xodimlari, klinik ordinatorlar va Pediatriya fakulteti 501-506-guruh talabalari ishtirok etdi.
Unda “Ftiziatriyada an’anaviy diagnostika usullari”, “Tuberkulyoz kasalligining innovatsion tashxisot usullari”, “Tuberkulyoz bemorlarini davolashda xalq tabobati” mavzularida ma’ruzalar o‘qildi. Ma’ruzachilar mavzular doirasida batafsil ma’lumotlarni taqdim etdi. Yakunda tinglovchilar talabalar ishtirokida «Tezkor savol-javob» interfaol o‘yini o’tkazildi.