Кафедра жамоаси

Kafedra jamoasi

PARPIEVA NARGIZA NUSRATOVNA

2005 yildan Toshkent tibbiyot akademiyasining ftiziatriya kafedrasi mudiri. 1982 yilda Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan. 1993 yilda «Surunkali nonspesifik o’pka kasalliklari, sil kasalliklari tarixi» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2002 yilda «O’pka tuberkulyozi va qandli diabet kasalligi birga kelganda davolash kursi» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Hozirgi kunda MDR-TB kasalligiga tashhis qo’yish va davolash, shu jumladan, OIV-infektsiyasi bilan birgalikda Mycobacterium tuberculosis genotip polimorfizmiga bog’liq yondoshuvni takomillashtirish bo’yicha izlanish olib bormoqda. Uning rahbarligi ostida 250 dan ortiq tezislar va maqolalar, 1 ta patent, 12 ta qo’llanma, 10 ta Milliy ko’rsatmalar, 2 ta monografiya va 2 ta modul yaratilgan.

XODJAEVA MAVLYUDA INAGAMOVNA

Kafedra dotsenti,  1977 yildan boshlab kafedrada ishlaydi. 1980 yilda nomzodlik dissertatsiyasini «Fokal pulmonar tuberkulyoz diagnostikasida panoramik rentgenografiya va tomografiya» bo’yicha himoya qilgan. Hozirgi kunda «Epidemiologiya, diagnostika» mavzusida ilmiy ish olib bormoqda. Uning rahbarligida 100 dan ortiq ilmiy maqolalar, 5 ta qo’llanma, 1 ta modul yaratilgan.

MUHAMEDOV KAZIM SABITOVICH

Kafedra dotsenti, 2000 yildan buyon kafedrada ishlaydi. 1987 yilda nomzodlik dissertatsiyasini «O’pka tuberkulyozini jarrohlik davolashda o’ziga xos bo’lmagan o’pka kasalliklari bilan birgalikda» himoya qildi. Hozirgi kunda «OIV bilan infeksiyalangan tuberkulez bemorlarida visceral mikozlarning erta tashhisoti va davolash usullarini optimallashtirish algoritmini ishlab chiqish » mavzusi bo`yicha ishlar olib bormoqda. Uning rahbarligida 200 dan ortiq maqola va tezislar, 1 ta patent, 2 ta monografiya, 12 ta qo’llanma, 2 ta modul yaratilgan. 2007 yildan buyon kafedrada magistratura direktori bo’lib ishlaydi.

DJURABAYEVA MUHABBAT HUSANOVNA

Kafedra katta o`qituvchisi, 1997 yildan ishlaydi. 1987 yilda «Fertil yoshidagi ayollarda o’pka sil kasalliklarining o’tkir rivojlanayotgan shakllarini davolashning klinik yo’nalishi va samaradorligi» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. «OIV bilan infeksiyalangan tuberkulez bemorlarida visceral mikozlarning erta tashhisoti va davolash usullarini optimallashtirish algoritmini ishlab chiqish» mavzusida ilmiy ish olib boradi. Uning rahbarligida 150 dan ortiq maqola va tezislar, 3 ta qo’llanma, 1 ta modul yaratilgan.

MASSAVIROV SHERALI SHERIKVAEVICH

Katta o’qituvchi. 2008 yilda ftiziatriya bo’yicha magistr darajasini tugatgan va o’sha vaqtdan buyon kafedrada ishlaydi. 2014 yildan beri Massavirov Sh.Sh. kafedra katta o`qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. Shuningdek, Massavirov Sh.Sh. 2019-yil apreldan TTA o`quv bo`limi boshlig`i lavozimida ham ishlamoqda. Hozirgi kunda u «OIV\TB koinfeksiyali bemorlarda mikozlarning etiotrop diagnostikasi va ularning davolash va profilaktik yondashishini takomillashtirish» mavzusida ilmiy ish olib bormoqda. 40 dan ortiq maqola va tezislar, 2 ta qo’llanma muallifi.

KAYUMOVA SABINA SERVEROVNA

Katta o’qituvchi. 2003 yilda ftiziatriya bo’yicha klinik ordinaturani tugatgan, 2003-2006 yillarda Birinchi shaxar klinik sil kasalliklari shifoxonasi terapiya bulimining mudiri bo`lib faoliyat yuritgan. 2006-yildan buyon kafedrada ishlaydi. 2020 yildan beri Kayumova S.S. kafedra katta o`qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. Hozirgi kunda u «OIV\TB koinfeksiyali bemorlarda mikozlarning etiotrop diagnostikasi va ularning davolash va profilaktik yondashishini takomillashtirish» mavzusida ilmiy ish olib bormoqda. 40 dan ortiq maqola va tezislar, 2 ta qo’llanma muallifi.

ONGARBAYEV DAURAN ONGARBAYEVICH

Katta o’qituvchi. 2019 yilda ftiziatriya bo’yicha magistr darajasini tugatgan va o’sha vaqtdan buyon kafedrada ishlaydi. 2023 yil oktabrdan beri Ongarbayev D.O. kafedra katta o`qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. Hozirgi kunda u «COVID-19 fonida tuberkulez diagnostikasi» mavzusida ilmiy ish olib bormoqda. 20 dan ortiq maqola va tezislar, 2 ta qo’llanma muallifi.

BABAMATOVA HILOLA UMRSAIDOVNA

Kafedra assistenti. 1988-1991 yy. – Ukraina, Dnepropetrovsk meditsina instituti talabasi. 2000-2003 yy. – Toshkent pediatriya tibbiyot instituti talabasi. 2003-2005 yy. – Ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy tekshirish institutida klinik ordinatori. 2005-2006 yy. – Ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy tekshirish instituti 3-terapiya bulimida vrach-ordinatori. 2006-2015 yy. – Toshkent tibbiyot akademiyasi ftiziatriya kafedrasi assistenti. 2015 y  –  x.v. – Toshkent tibbiyot akademisi ftiziatriya kafedrasida assistent.

 

ANVAROVA EKATERINA VLADIMIROVNA

1998-2005 yillar – Toshkent davlat tibbiyot instituti talabasi 2005-2008 yillar – Toshkent tibbiyot akademiyasining magistr darajasiga ega 2008-2012 yillar – Arterium qo’shma korxonasining menejeri 2012-2014 yillar – Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ilmiy tadqiqotchisi 2014-2015 yillar – «Valenta» qo’shma korxonasi menejeri 2017 g.v. – Toshkent tibbiyot akademiyasining fiziologiya kafedrasi assistenti

MAMATOV LOCHIN BAXTIYOROVICH

Kafedra assistenti. 2019 yilda ftiziatriya bo’yicha magistr darajasini tugatgan. 2019-2021 yillarda Birinchi shaxar klinik sil kasalliklari shifoxonasi terapiya bo`limi ftiziatr shifokori bo`lib faoliyat yuritgan. 2021 yildan beri Mamatov L.B. kafedra assistenti lavozimida ishlab kelmoqda. Hozirgi kunda u «MDR-TB va virusli gepatit «C» va «B»» mavzusida ilmiy ish olib bormoqda. 15 dan ortiq maqola va tezislar, 2 ta qo’llanma muallifi.

ABDUGAPPAROV FAZLXAN BAXTIYAROVICH

Kafedra assistenti. 2008-2015 yy. – Toshkent tibbiyot akademiyasi talabasi. 2015-2015 yy.- Toshkent viloyati CHirchik shaxri 3-son oilaviy poliklinikasi umumiy amaliyot shifokori. 2015-2018 yy.- Toshkent tibbiyot akademiyasi ftiziatriya kafedrasi magistranti. 2018 y.-h.v.  – Toshkent tibbiyot akademiyasi ftiziatriya kafedrasi assistenti.

MIRZABAYEV SANJAR ISROILOVICH

Kafedra assistenti. 2020 yilda ftiziatriya bo’yicha magistr darajasini tugatgan. 2020-2023 yillarda Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazida ftiziatr shifokori bo`lib faoliyat yuritgan. 2023 sentabrdan beri Mirzabayev S.I. kafedra assistenti lavozimida ishlab kelmoqda. Hozirgi kunda u «MDR-TB bemorlarga psixo sotsial yordamning ahamiyati» mavzusida ilmiy ish olib bormoqda. 10 dan ortiq maqola va tezislar, 1 ta qo’llanma muallifi.

XAKIMOV ABDULATIF ABDUVALIYEVICH

Kafedra assistenti. 2021 yilda ftiziatriya bo’yicha magistr darajasini tugatgan va o`sha paytdan buyon Xakimov A.A. kafedra assistenti lavozimida ishlab kelmoqda. Hozirgi kunda u «Tibbiyot xodimlari orasida LTI diagnostikasi» mavzusida ilmiy ish olib bormoqda. 10 dan ortiq maqola va tezislar, 1 ta qo’llanma muallifi.