MDR-tuberkulyozli bemorlarni davolash bo’yicha «TB Practical» innovatsion bo`limi ochildi
20 yillik ikki tomonlama hamkorlik doirasida «Chegarasiz shifokorlar» xalqaro tashkiloti va O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi MDR-TB bemorlarni davolashda «TB Practical» innovatsion davolash dasturini amalga oshiruvchi mamlakatlar qatoriga kiritildi.
Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi rahbariyati tomonidan «Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash» yilida har bir bemorlarining sil kasalligini davolashning innovatsion usullarida davolnishini kengaytirish orzusi ro’yobga chiqdi.
2018 yil 14 dekabrda Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida MDR-tuberkulyozli bemorlarni davolash bo’yicha «TB Practical» innovatsion bo`limi ochildi. Professorlar N.N. Parpiyeva, M.N. Tillashaixov, O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirining o’rinbosari E.E. Basitxanova va MSF («Chegarasiz shifokorlar») xalqaro tashkiloti vakili M. Bern, Viktor Lionor Garsia lentani kesishdi.